Erkin Muhitdinov bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. O‘zbekiston Prezidenti 5 iyun kuni tegishli qarorini imzoladi, deb xabar qildi Hukumat portali.

Muqaddam Erkin Muhitdinov O‘zbekiston Prezidenti devonining Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish xizmatining bandlik va aholi turmush darajasi masalalari sektori mudiri lavozimida ishlagan.