Aprel-may oylari uchun translyatsiya xizmatlaridagi qarzdorlik sababli UzReport TV telekanali efiri 3 iyundan vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi xabar qildi.

UzReport axborot agentligi matbuot xizmatining «Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, efirlar 5 iyunda qayta tiklanishi lozim. «Bu texnik holat. Qarzdorlik qoplanadi va telekanal yana o‘z ishini boshlaydi», — deya qayd etildi agentlikda.

UzReport agentligiga tegishli bo‘lgan Futbol TV telekanali o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.