Habibulla Oqilov Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti rektori etib tayinlandi. 2 iyun kuni u institut hisob kengashida tanishtirildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati mazkur ma’lumotni «Gazeta.uz"ga tasdiqladi.

Tibbiyot fanlari doktori, professor Habibulla Oqilov muqaddam Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlagan.

Institutga shu vaqtgacha rahbarlik qilib kelgan Jo‘ra Sobirov nafaqaga chiqishi munosabati bilan lavozimini tark etdi.