2017−2021 yillarda O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida jami 995,2 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflanishi nazarda tutilgan bo‘lib, shundan 706,2 milliard so‘mdan ortiq qismi ushbu yillarda jami 167 ta sport inshooti, jumladan, 90 ta sport majmuasi va 77 ta suzish havzasini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hamda jihozlash va qayta jihozlashga yo‘naltiriladi.

Mazkur choralar O‘zbekiston Prezidentning 3 iyundagi tegishli qarorida ko‘zda tutilgan.

Ushbu qaror bilan O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi tasdiqlanib, unga muvofiq keng ko‘lamli, aniq maqsadli ishlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Jumladan, dasturga muvofiq:

  • jismoniy tarbiya va sport sohasini tashkil etish va boshqarish тизи­ми­ни rivojlantirishga yo‘naltirilgan qonunchilikni yanada takomillashtirish;
  • jismoniy tarbiya va sport sohasining moddiy-texnik bazasini мусtaҳ­кам­лаш, zamonaviy sport komplekslarini qurish, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, mazkur sohada xususiy sektorni rivojlantirish;
  • jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarini ilmiy-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, sport maktablarini yuqori malakali murabbiylar va tibbiyot xodimlari bilan ta’minlash;
  • ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari, aholining keng qatlamlari o‘rtasida sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya, ommaviy sport ishlarini tashkil etish, kompleks sport musobaqalarini o‘tkazish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish va ularni maqsadli tayyorlash kabi yo‘nalishlarda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Dastur ijrosi doirasida sport turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktablari va bolalar-o‘smirlar sport maktablarining shtatlar jadvaliga «Sportchi» lavozimi joriy etilishi O‘zbekiston milliy terma jamoalari a’zolarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada mustahkamlashga yo‘naltirilgan muhim qadam vazifasini o‘taydi. Shuningdek, sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida «Sport to‘garagi va seleksiya bo‘yicha trener» lavozimi kiritiladi.

Jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashgan ta’lim muassasalari va sport klublari faoliyatini olimpiya, milliy va boshqa sport turlari kesimida reyting baholash tizimini joriy etiladi. Qarorda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining «Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi» ko‘krak nishonini ta’sis etish belgilandi.

Dasturga ko‘ra, o‘quvchi va talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan uch bosqichdan iborat «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va Universiada sport o‘yinlari dasturlarini sportning ommaviy turlari hisobiga kengaytirish, nufuzini oshirish va musobaqa g‘oliblarini munosib rag‘batlantirish tizimini tubdan takomillashtirish nazarda tutilgan.

Hududiy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida sport tibbiyoti bo‘limlari tashkil etilib, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash belgilab qo‘yilgan.