G‘olibsher Ziyayev Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

U shu kunga qadar Radioaloqa, radiouzatish va televideniye markazi Bosh direktori vazifasini bajarib kelgan.

G‘olibsher Ziyayev Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshliqligiga mazkur lavozimda 2013 yil fevralidan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Farhod Umarxo‘jayev o‘rniga tayinlandi.

Shuningdek, shu kunga qadar «O‘zbektelekom» AKning «Bosh kommutatsiya markazi» direktori vazifasini bajarib kelgan Emir Gaziyev Radioaloqa, radiouzatish va televideniye markazi bosh direktori lavozimiga tayinlandi.