«O‘zbekneftgaz» va CNODC (Xitoy milliy neftgaz korporatsiyasi sho‘’ba kompaniyasi, CNPC) kompaniyalari ishtirokidagi New Silk Road Oil And Gas korxonasi Buxoro viloyatidagi gaz kondensati konini jihozlashga kirishdi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

2013 yilning sentyabrida «O‘zbekneftgaz» va CNODC Qoraqo‘l investitsion bloki konini qo‘shimcha razvedka qilish va qazib olishni boshlash bo‘yicha korxona tashkil etgan edi. Qorako‘l blokida olib borilgan geologik razvedka ishlari natijasida aniqlangan Xo‘jadavlat, Sharqiy Olot va Dengizko‘l konining Xo‘jasayat uchastkalaridagi gaz-kondensat konlari mazkur korxona uchun xom ashyo bazasi hisoblanadi.

Yaqinda Xo‘jasayat uchastkasida konni jihozlash bo‘yicha ishlar boshlanishiga bag‘ishlangan rasmiy marosim bo‘lib o‘tdi. Korxona litsenzion maydonida maydonchasida konni jihozlash hamda 16 ta ekspluatatsion quduq qurish, bir yilda 1 milliard kub metrgacha tabiiy gaz va 6500 tonna kondensat qizib olish rejelashtirilgan.

«Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi va CNPC rahbariyati bilan uchrashuv vaqtida loyihani moliyalashtirish bilan bog‘liq masalalar hal etilib, bu uni amalga oshirish jarayonini tezlashtirishga imkon berdi», — deb qayd etdi xolding vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, CNPC Xitoy banklari bilan loyihani moliyalashtirish bo‘yicha kredit shartnomasini imzoladi.

Loyiha qiymati 378 mln dollar bo‘lib, korxona mablag‘lari hamda CNPC kafolati ostidagi Xitoy kreditlari hisobiga moliyalashtiriladi.