Oliy Majlisning 27 maydagi 10-yalpi yig‘ilishida Alisher Kurmanov Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi etib saylandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Alisher Kurmanov ilgari — 2015 yildan — O‘zbekistonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimida ishlagan.

Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib Botir Asadov saylandi. Botir Asadov 2015 yildan O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimida ishlagan.