O‘zbekiston 2018 yilda mamlakat fuqarolari uchun kichik haj ziyoratiga (umra) ajratiluvchi kvota miqdorini 10 ming kishiga qadar oshirish iltimosi bilan Saudiya Arabistoniga murojaat qiladi, deb xabar berdi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita «Gazeta.uz"ga.

Qo‘mita vakilining so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni mazkur masalada yakunini qarorni kelgusi yilning avvalida qabul qilishi mumkin.

«Kvotani oshirish bo‘yicha qaror aholi turmush darajasining o‘sishi va mos ravishda O‘zbekistonda ziyoratni amalga oshirish istagida bo‘lganlar sonining ortishi bilan bog‘liq», — deya qayd etildi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada.

2017 yilda O‘zbekistondan muqaddas islom ziyoratlari uchun umumiy kvota miqdori 2016 yilga nisbatan 20 foizga — 13,2 ming kishiga qadar oshirildi. Jumladan, haj uchun kvota 1,4 barobarga — 7200 ziyoratchiga oshgan bo‘lsa, umra uchun kvota o‘zgarishsiz 6000 kishi (5350 kishi bahorgi, 650 kishi — yozgi mavsum) darajasida qolgan edi.

2016 yilda haj va umra dasturi doirasida respublika uchun ajratilgan barcha 11,2 ming kishilik kvotadan to‘liq foydalanilgan. Musulmonlar idorasi va boshqa qator jamoat jamg‘armalari taklifi bo‘yicha joriy yilda birinchi navbatda ilk bor ziyorat qilishni rejalashtirganlarning arizalarini qanoatlantirish hisobga olinmoqda.