Bir kun davomida yong‘in o‘chirish bo‘linmalari tomonidan Toshkent shahar hududida 11 ta qurigan o‘t va shox-shabba yonishi bilan bog‘liq yong‘inlar bartaraf qilindi, deb xabar qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati. Bu yong‘inlarning yonish maydoni o‘rtacha 200 metr kv ni tashkil qiladi.

Bunday yong‘inlarning maydoni bo‘yicha eng kattasi soat 12:35 da Sergeli tumanidagi Aeroport hududida sodir bo‘lib, yong‘in maydoni taxminan 200 metr kv ni tashkil qiladi. Undan tashqari, Bektemir tumani Oltin topgan ko‘chasi 32-uy oldida 200 metr kv maydonda quruq o‘t yongan.

IIBB xabarida qayd etilishicha, barcha holatlarda alanganing fuqarolar yashash joylariga o‘tib ketishiga yo‘l qo‘yilmagan.