«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ2 iyundan 25 avgustga qadar Samarqanddan Ostonaga qatnovni amalga oshiradi, deb xabar qildi «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» kompaniyasi. Poyezd Qozog‘istonda EXPO-2017 xalqaro ko‘rgazma o‘tkazilishi munosabati bilan yo‘lga tushiriladi.

Reys juma kunlari amalga oshiriladi. Samarqanddan jo‘nash vaqti — 3:46, Toshkentdan — 8:20. Ostona yetib borish — 17:22 da. Poyezd Ostonadan ortga shanba kunlari 19:16 da yo‘lga otlanadi.