Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez shartnoma muddati yakuniga yetgani munosabati bilan o‘z lavozimini tark etdi, deb xabar qildi Futbol federatsiyasi matbuot xizmati.

Ispaniyalik mutaxassis milliy termani 2015 yil martidan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning rahbarligi ostida terma Toshkentdagi Osiyo chempionati finalchisi bo‘lib, tarixda birinchi marta jahon chempionatida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Xose Mariya Mendes O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bilan Tailandda U-20 Osiyo chempionatida to‘rtinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. U shuningdek «Ardus» jamoasiga rahbarlik qilib, 2015 va 2016 yillarda O‘zbekiston chempioni bo‘ldi.

«O‘zbekiston futzal assotsiatsiyasi va O‘zbekiston futbol federatsiyasi rahbariyati va xodimlari mutaxassisga mamlakatdagi samarali faoliyati uchun chuqur minnatdorchilik bildirib qoladi», — deyiladi xabarda.