Koreya Respublikasi hukumati «Past haroratli saqlash kameralarini joriy etish yo‘li bilan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash» loyihasini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston hukumatiga 3,5 mln dollar miqdoridagi grantni taqdim etishni tasdiqladi. 22 may kuni O‘zbekiston Prezidentining mazkur loyihani amalga oshirishga bag‘ishlangan қарориимзоланди.

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanidagi «Agroinnovatsiya» korxonasi hududida yangi meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun umumiy hajmi 1000 tonna bo‘lgan sovutish kameralarini qurish va ulardan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.

Xuddi shunday xizmatlar Toshkent viloyati tadbirkorlik sub’ektlari, dehqon va fermer xo‘jaliklariga ko‘rsatiladi.