O‘zbekiston shifokorlar assotsiatsiyasi raisi, professor Abdulla Xudaybergenov 27 may kuni 82 yoshida og‘ir xastalikdan so‘ng vafot etdi.

Abdulla Xudaybergenov 1936 yilda To‘rtko‘lda tug‘ilgan. 1959 yilda Toshkent tibbiyot institutini tamomlagan.

O‘z mehnat faoliyatini Mo‘ynoq tuman shifoxonasida jarroh sifatida boshlagan. 1960 yillarda Mo‘ynoq tuman shifoxonasida bosh shifokor vazifasida ishlagan.

1970 yillarda Qoraqalpog‘iston ASSR, 1981−1986 yillarda esa O‘zbekiston SSR sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida ishlab kelgan.

Shundan so‘ng 2004 yilning oxiriga qadar Vosit Vaxidov nomli Respublika ixtisoslashgan xirurgiya markazi direktori bo‘lgan.

«O‘zbekiston shifokorlar assotsiatsiyasi buyuk ustozning oila a’zolari va yaqinlariga chin dildan hamdardlik bildiradi», — deya xabar qildi assotsiatsiya ijrochi direktori Zohid Abdurahimov.