GM Uzbekistan 29 maydan 31 mayga qadar shartnomalarni tuzish va avtomobillarni tarqatishni vaqtincha to‘xtatdi, deb xabar qilindi kompaniyaning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida.

«Hurmatli iste’molchilar! „JM O‘zbekiston“ AJ tomonidan qoldiq avtomobillar inventarizatsiyadan o‘tkazilishi munosabati bilan 29−31 may kunlari yangi shartnomalarni tuzish va avtomobillarni tarqatish vaqtincha to‘xtatiladi», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, inventarizatsiya ishlari yakunlanganidan so‘ng to‘lov amalga oshirilgan shartnomalar bo‘yicha avtomobillar shartnomada ko‘rsatilgan narxlarda taqdim etiladi. Xaridor oldindan to‘lovning belgilangan eng kam qiymatini (85%) yoki shartnomada ko‘rsatilgan avtomobil narxini to‘liq hajmda to‘lagan taqdirda avtomobil uchun to‘lov amalga oshirilgan deb hisoblanadi.