O‘zbekiston paralimpiya termasi 26−28 may kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan Osiyo va Okeaniya chempionatida 18 medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar qildi Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi «Gazeta.uz"ga.

Musobaqada 10 dan ortiq davlatdan 100 ga yaqin atletlar 2020 yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlariga saralash reyting ballarini qo‘lga kiritish uchun ham bellashdi.

Yoqutxon Komilova (48 kg gacha), Sevinch Sallayeva (52 kg gacha), Nafisa Sheripbayeva (57 kg gacha), Sherzod Nomozov (60 kg gacha), Vasilla Aliboyeva (70 kg gacha), Feruz Saidov (73 kg gacha), Tursunposhsho Nurmetova (63 kg gacha) va Shuhrat Boboyev (90 kg gacha) musobaqaning yuqori shohsupasiga ko‘tarildi.

Davruxon Karamatov (73 kg gacha) va Shirin Sharipov (+100 kg) kumush medal sohiblariga aylanishdi.

Lobar Xurramova (48 kg gacha), Adizjon To‘ymurodov (66 kg gacha), Gulruh Rahimova (70 kg gacha), Ahliddin Umarov (81 kg gacha), Shoxruz Toshev (81 kg gacha) va Quvondiqjon Bozorov (90 kg gacha) esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Mamlakat ayollar termasi jamoaviy musobaqalarda birinchi, erkaklar termasi — uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston jami bo‘lib sakkizta oltin, ikkita kumush va yettita bronza medalini qo‘lga kiritib, umumiy hisobda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Janubiy Koreya (3−3−3) ikkinchi, Eron (2−2−3) uchinchi bo‘ldi.