Aziz Abduhakimov bandlik va mehnat munosabatlari vaziri etib tayinlandi. O‘zbekiston Prezidenti 26 may kuni shu haqdagi farmonni imzoladi, deb xabar qildi mahkama matbuot xizmati.

Muqaddam — 2016 yildan — Aziz Abduhakimov Mehnat vazirligini boshqarar edi. Davlat rahbarining 23 maydagi farmoni bilan u Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga aylantirildi.

Aziz Abduhakimov (1974 yilda tug‘ilgan) 2014 yil yozidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligini boshqargan. Ungacha — 2012 yildan Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan.

2010 yil martidan Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi, ungacha — xuddi shu qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.