O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 may kuni poytaxtning Shayxontohur tumanidagi «Suzuk ota» maqbarasi va jome’ masjidida bo‘ldi, deb xabar qildi O‘zA.

«Ushbu masjid va maqbara ma’naviyatimizni yanada yuksaltirishga, yurtimizda ezgulik nurini ziyoda etishga xizmat qilishi kerak», — dedi davlat rahbari. Bu yerda hunarmandlar markazi va kutubxonasi tashkil etish lozimgini ta’kidlagan Prezident mutasaddilarga maqbara va masjidni rekonstruksiya qilish, atrofini obodonlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Suzuk otaning asl ismi Mustafoqul bo‘lib, 1140 yilda tavallud topgan. U Ahmad Yassaviyning qizi Gavhari Hushtojning kenja o‘g‘li bo‘lgan. Bolalik chog‘ida bobosi u kishini erkalab «Mening suzigim (suyukligim), xush keldingiz!», degani bois atrofdagilar ham uni shu ism bilan chaqira boshlagan. Suzuk ota yuzlab shogirdlarga ilm berib, hunarga, halol mehnatga o‘rgatgan. 1363−1364 yillarda buyuk sarkarda Amir Temur Yassaviyning nabirasi Suzuk ota qabri ustida maqbara va masjid bunyod ettirgan.