Nizomiddin Bakirov O‘zbekiston Prezidentining 22 maydagi farmoni bilan O‘zbekiston O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Hukumat portalida xabar qilindi.

Nizomiddin Bakirov (1968 yilda tug‘ilgan) 2005 yildan O‘zbekiston Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida rais o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Mehnat faoliyatini 1993 yilda Andijon viloyatida yer resurslari boshqarmasi qoshidagi xo‘jalik yerlarini rejalashtirish bo‘yicha ekspeditsiya muhandis-geodezistligidan boshlagan. 1999—2000 yillarda yer resurslari bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi yordamchisi bo‘lgan. 2000—2001 yillarda esa Jizzax viloyatida yer resurslari boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Davlat o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi O‘zbekiston Prezidentining 11 maydagi qaror va farmoniga binoan tashkil etilgan.