Anvar Jo‘rayev Toshkent hokimi o‘rinbosari va «Toshshahartransxizmat» boshqaruv raisi bo‘ldi. Bu haqda kompaniya сайтигувоҳлик bermoqda.

Anvar Jo‘rayev (1982 yilda tug‘ilgan) — Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti (2003) va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (2010) bitiruvchisi, mutaxassisligi — menedjment.

Tayinlovga qadar 2 va 3-avtobus saroylarini boshqargan, avvalroq — 2006—2012 yillarda — «Toshshahartransxizmat» bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, 2005—2006 yillarda O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasida yetakchi mutaxassis bo‘lgan.

Anvar Jo‘rayev bilan ishlagan kishilar uni korxona faoliyatining barcha jihatlarini yaxshi anglab yetuvchi mutaxassis sifatida e’tirof etadi.

Hokimning poytaxt jamoat transporti bo‘yicha mas’ul sobiq o‘rinbosari va kompaniya rahbari Otabek Sodiqov mazkur lavozimlarda 2014 yilning yanvaridan 2017 yil mayiga qadar faoliyat olib borgan.