Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tarixiy-madaniy ahamiyatga molik qadimiy qo‘lyozmalar va zamonaviy yozma manbalarni saqlash va o‘rganish bo‘yicha O‘zbekistonning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasasi sifatida belgilandi. O‘zbekiston Prezidenti 24 may kuni tegishli qarorini imzoladi.

Sharq qo‘lyozmalar fondini saqlash va restavratsiya qilish, arab yozuvidagi yozma yodgorliklar va epigrafika namunalarini tadqiq qilish, ularning asliyati hamda o‘zbek va xorijiy tillarga tarjimasini nashr qilish institut vazifalaridan etib belgilandi.

Institut xodimlari o‘rta asrlarda yashab, ilm-fan bilan shug‘ullangan o‘rta osiyolik olimlarining matematika, astronomiya va fizika, tibbiyot, kimyo va geografiya, tarix, adabiyot, falsafa, shuningdek islom va dinshunoslikka oid ilmiy yodgorliklarini o‘rganadi.

Aholida saqlanayotgan noyob qo‘lyozmalar, litografik nashrlar va tarixiy hujjatlar Ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan Fan va texnologiyalar bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan sotib olinadi.

Qadimiy qo‘lyozmalarni restavratsiya qilish va saqlash bilan shug‘ullanuvchi institut xodimlari qadimiy yozma manbalarning o‘ziga xosligi g‘amda yuqori ilmiy toifa va ko‘nikmalar talab qilishiga qarab oylik ish haqiga 30 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama olishadi.