CLICK mobil va internet banking tizimi yakka tartibdagi tadbirkorlar plastika kartalaridan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini ishga tushirdi. Bu haqda CLICK kompaniyasi «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Bungacha yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘z plastik kartalaridan faqatgina tadbirkorning ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalana olardi. Shu sababdan mobil va internet to‘lov tizimlaridan to‘lovlarni amalga oshirish bo‘lmas edi.

Bank sohasida faoliyat olib boruvchi axborot manbalarining ma’lumotlariga ko‘ra, YATT kartalaridan to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati kelgusida boshqa onlayn to‘lov tizimlarida ham paydo bo‘ladi.