Bahodir Begalov O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi. Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmatining хабарқилишича, O‘zbekiston Prezidenti 23 may kuni shu haqdagi farmonini imzoladi.

Bahodir Begalov (1968 yilda tug‘ilgan) — Moskva iqtisodiyot-statistika instituti bitiruvchisi (1992 yil), iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

2002 yildan u Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining «Informatsion texnologiyalar va menejment» fakulteti edi. 2011 yildan TDIU ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori bo‘lgan.

2012—2016 yillarda Bahodir Begalov Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, so‘ngra Toshkent moliya instituti rektori lavozimiga tayinlangan.

Avvalroq — 2010 yildan — O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasiga Botir To‘rayev rahbarlik qilgan.