O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya 25−26 may kunlari Rossiyaning Qozon shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.

MDH Ijroiya qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yig‘ilishda Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar iqtisodiy hamkorligi va boshqa yo‘nalishlarga qaratilgan 13 ta hujjat loyihasini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.