23 may kuni O‘zbekiston ichki ishlar vaziri general-mayor Abdusalom Azizov Rossiya ichki ishlar vaziri politsiya generali Vladimir Kolokolsev 2017−2018 yillarda o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida bayonnomani imzoladi.

Tadbir Toshkentda Rossiya IIV rahbarining O‘zbekistonga amaliy tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi. Rossiya IIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, bayonnoma ikki mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari ekspertlari tomonidan tayyorlangan.

«Mazkur hujjatni huquqni muhofaza qilish sohasida O‘zbekiston-Rossiya hamkorligini yanada rivojlanishini belgilab beruvchi va mamlakatlarimiz hududida jinoyatchilikka qarshi kurashga tizimli yondashishga imkon beruvchi dastur sifatida qaramoqdamiz», — dedi Vladimir Kolokolsev.

Huquqni muhofaza qilish mahkamalari rahbarlari hamkorlikning ustuvor masalalari, jumladan terrorizm, ekstremizm, noqonuniy migratsiya va qidiruv faoliyati sohalarida axborot almashinuv bo‘yicha o‘zaro hamkorlik holati va istiqbollarini muhokama qildi.

Vladimir Kolokolsev noqonuniy migratsiya hamda mehnat faoliyati va mehnat muhojirlari huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq masalalarni hal etish bo‘yicha ikki rus-o‘zbek ishchi guruhi ishini yaqin vaqtlar ichida jadallashtirish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.