Xivadagi «Nurillaboy» tarixiy majmuasi restavratsiya va rekonstruksiya qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 19 maydagi qarorida so‘z boradi.

Hujjatga muvofiq, rekonstruksiya ishlari Xivaning tarixiy-arxitekturaviy va turistik salohiyatini rivojlantirish, jamoatchilikni tarixiy yodgorliklar hamda noyob madaniy va tarixiy namunalar bilan tanishtirish, shuningdek milliy madaniyat va an’analarni saqlashga xizmat qilishi lozim.

Yil davomida tarixiy majmuada yangi binolar ham quriladi. Uning hududida qabullar uyi, amfiteatr, galereya, hunarmandchilik ustaxonalari va milliy taomlar restorani bunyod etiladi.

«Nurillaboy» tarixiy majmuasi — Xiva xonlarining yozgi saroyi bo‘lib, xorijiy mamlakatlar elchilarini qabul qilish uchun qurilgan.