Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev boshchiligidagi Rossiya IIV delegatsiyasi dushanba kuni amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda RF IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Tashrif Samarqanddan boshlandi. Bu yerda Rossiya delegatsiyasi O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov dafn etilgan maskanga bordi.

O‘zbekiston IIV matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Samarqanddan Vladimir Kolokolsev O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov bilan uchrashdi.

Seshanba kuni Toshkentda Rossiya IIV delegatsiyasining O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda O‘zbekistonning qator mahkamalari bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ichki ishlar organlarining hududiy bo‘linmalariga tashrif buyurish rejalashtirilgan.

Ikki mamlakat ichki ishlar vazirliklarining o‘zaro hamkorligi to‘g‘risidagi bayonnomaning imzolanishi belgilangan.