O‘zbekistonda xalqaro to‘lov tizimlari bilan integratsiyalashgan universal banklararo GlobUzCard chakana to‘lov tizimi tashkil etilmoqda.

8 aprel kuni Markaziy bank boshqaruvi qarori bilan tasdiqlangan GlobUzCard faoliyati to‘g‘risidagi nizom 15 may kuni Adliya vazirligi tasdig‘idan o‘tdi. Qo‘shma korxona ko‘rinishidagi GlobUz tizimi va Yagona xalqaro protsessing markazini (YAXPM) tashkil etish to‘g‘risidagi qaror 2014 yildayoq O‘zbekiston hukumati tomonidan tasdiqlangan edi.
Yangi to‘lov tizimi xalqaro to‘lov tizimlari (Visa, MasterCard, Union Pay International, JCB, American Express, Diners Club va boshqalar) bilan xorijda GlobUz bank kartalari bilan xorijiy valyutada bank operatsiyalarini o‘tkazishni ta’minlash uchun aloqalarni o‘rnatishi lozim. Shuningdek, O‘zbekiston hududida xorijiy banklar kartalarini qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi.

«Gazeta.uz» so‘rov o‘tkazgan ekspertlar fikricha, yangi to‘lov tizimi va yangi protsessing markazining paydo bo‘lishi mamlakatda plastik kartalar bozorida raqobatni paydo qilib, uning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi