23 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Bosh vaziri Tereza Mey nomiga Manchester shahridagi terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirib maktub yo‘lladi.

Davlat rahbari o‘z maktubida halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazishni so‘radi, barcha jarohat olganlarga esa tez orada sog‘ayishni tiladi, deyiladi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Dushanba kuni kechqurun «Manchester Arena» konsert majmuasida amerikalik qo‘shiqchi Ariana Grande chiqishi vaqtida portlash sodir bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 22 kishi halok bo‘lib, 59 kishi jarohat oldi.