O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘ninchi yalpi majlisi 27 may kuni chaqiriladi. Bu haqda parlament yuqori palatasi axborot xizmati xabar qildi.

Yalpi majlis kun tartibiga qator qonunlar, jumladan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida (80, 93, 108 va 109-moddalariga)"gi, «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida"gi, «Sud va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazi xodimlarining mansab darajalari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi va boshqalar kiritilgan.

Senatorlar bir qator xalqaro shartnomalar va konvensiyalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlarni, jumladan «O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston o‘rtasidagi strategik sheriklik to‘g‘risidagi Shartnomani (Ashxobod, 2017 yil 6 mart) ratifikatsiya qilish haqida"gi O‘zbekiston Qonunini ham ko‘rib chiqadi.

Bundan tashqari, Xorazm viloyatining Xiva shahri va Xiva tumanining chegaralarini o‘zgartirish, Xiva va Shahrisabz shahrini viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish to‘g‘risidagi, shuningdek Jizzax viloyatining Zomin va Zarbdor tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala ham

Senatorlar tashqi ishlar vazirining tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, chet el investitsiyalarini jalb qilish bo‘yicha Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, shuningdek bu sohadagi istiqbollar to‘g‘risidagi hisobotini ham tinglaydi.