O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hasan Ruhoniyni saylovlardagi ishonchli g‘alabasi va Eron Islom Respublikasi Prezidenti lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Davlat rahbari maktubida saylovlar natijasi «Eron xalqining Siz olib borayotgan ichki va tashqi siyosatga nisbatan bildirgan yuksak ichonchi namunasi», — deb qayd etdi.

O‘zbekiston Prezidenti tomonlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida o‘zaro manfaatli sheriklikni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilishga erishamiz, deb ishonch bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev Hasan Ruhoniyga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat va davlatchilik faoliyatida yangi zafarlar, do‘st Eron xalqiga tinchlik, farovonlik va bardavom ravnaq tiladi.