O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga amaliy tashrifini yakunlab, shanba kuni Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi. Yakshanba kuni davlat rahbari Ar-Riyodda Arab-musulmon mamlakatlari va AQSH sammitida ishtirok etadi.

O‘zA xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan. Muzokaralarda O‘zbekiston bilan Saudiya Arabistoni o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.