Turkmanboshidagi «Avaza» kongress-markazida O‘zbekiston va Trukmaniston prezidentlari muzokaralari yakunlari bo‘yicha Toshkent va Ashxobod shaharlari o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi.

Hujjatlar Toshkent hokimi Rahmonbek Usmonov hamda Ashxobod hokimi Shamuhammet Durdiliyev tomonidan imzolandi, deya xabar berdi «Gazeta.uz"ning O‘zbekiston Prezidenti devonidagi axborot manbasi.

Kelishuv ikki davlat poytaxtlari o‘rtasida savdo-sotiq, iqtisodiy, ilmiy, madaniy, sport, sayyohlik va boshqa aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan.

O‘zA xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev muzokaralar yakunlari bo‘yicha jurnalistlarga Toshkentda yaqindagina turkman shoiriga yodgorlik o‘rnatilgan Maxtumquli ko‘chasida Ashxobod bog‘i ochilishini ma’lum qildi.