Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoniga muvofiq shoira Halima Xudoyberdiyeva «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Mukofot Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasidaO‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda topshirildi.

Prezidentning Davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov Prezident farmonini o‘qib eshittirdi va yuksak mukofotni Halima Xudoyberdiyevaga tantanali ravishda topshirdi.

Mukofot «adabiyotimiz ravnaqi yo‘lidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yosh avlodning ma’naviy salohiyatini yuksaltirishdagi munosib hissasi, mamlakatimizning ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki uchun» topshirildi.