13−14 may kunlari Surxondaryo viloyatida «Boysun bahori» folklor festivali bo‘lib o‘tdi. Mazkur madaniy tadbir O‘Zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qaytadan o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Festivalda folklor ansambllar, baxshi-shoirlar, oqinlar chiqish qildi. Oqtoshota tepaliklari bo‘ylab o‘tkazilgan tadbir mehmonlari xo‘rozlar va qo‘chqorlar janglari, dorbozlar chiqishlari va milliy o‘yinlarni tomosha qilishdi. Rassom va hunarmandlar ham o‘z mehnatlarini namoyish etishdi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, festivalga Germaniya va Fransiyadan sayyohlar, shuningdek Shveysariya elchixonasi va YUNESKO vakillari tashrif buyurdi.

Video


Foto