Prezident Shavkat Mirziyoyev 17 may kuni Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi, deb xabar qildi O‘zA.

Davlat rahbari Sirdaryoga tashrifi davomida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan rejalar ijrosi, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechiradi.