16 may kuni «O‘zbektelekom» Milliy operatori va Google Global Cache (GGC) kompaniyasi Toshkentda O‘zbekistondagi foydalanuvchilar uchun Google xizmatlari sifatini yaxshilashda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi kelishuvga erishdi. Bu haqda «O‘zbektelekom» matbuot xizmati xabar qildi.

Google’ning Qaliforniyadagi qarorgohida Rossiya va MDH bo‘yicha yetakchi mutaxassis Deyv Shvars va kompaniyaning Yevropa (shu jumladan Rossiya va MDH), Yaqin Sharq va Afrika bozorlari uchun operatorlar bilan aloqalar bo‘yicha menejeri Yan Kliri «O‘zbektelekom» texnik maydonchasida GGC uskunasini o‘rnatish imkoniyatlari to‘g‘risida so‘zlab berdi.

GGC CDN-uzeli (Content Delivery Network, kontentni yetkazib berish tarmog‘i)ning «O‘zbektelekom» tarmog‘ida ishga tushirilishi Google’ning eng ommalashgan resurslarini keshlash imkonini berib, O‘zbekistondagi barcha foydalanuvchilar uchun Google xizmatlari sifatini oshirishga zamin yaratadi.