Xiva (Xorazm viloyati) va Shahrisabz (Qashqadaryo viloyati) viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar ro‘yxatiga kiritildi. O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 16 may kuni shu haqdagi qarorni qabul qildi.

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘rsatib o‘tilgan viloyatlarga tashrifi jarayonida Xiva va Shahrisabz shaharlarini mustaqil ma’muriy birlik etib qayta tashkil qilish hamda ularni viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar ro‘yxatiga kiritish topshirig‘ini bergan edi.

Parlament quyi palatasi xabarida keltirilishicha, ushbu chora-tadbirlar O‘zbekiston hududida joylashgan jahon ahamiyatiga molik bu qadimiy shaharlarning turistik salohiyatini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.