Toshkentda 13 may kuni Jahon oila kuni munosabati bilan «Sog‘lom ayol — sog‘lom avlod» ayollar veloturi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston velosport federatsiyasining «Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, 5 km masofadagi velopoygada 1577 nafar ishtirokchi qatnashdi. Ular 18−30 yosh, 31−45 va 45 yoshdan yuqori yosh guruhlariga ajratildi.

18−30 yosh guruhida Alena Shirkalova g‘alaba qozondi. Ikkinchi o‘rin Adolat Sotvoldiyeva va Mahliyo Nurkiyevaga nasib etdi. Hilola Dilmurodova, Galina Ye va Dildora Safiyeva bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

31−45 yoshdagi ishtirokchilar o‘rtasida Olga Dobrisheva birinchi bo‘ldi. Uning ortidan Olga Shatalova, Shohista Sodiqova va Yevgeniya Iratova, Hulkar Abdujaparova, Svetlana Apsetova start chizig‘ini kesib o‘tdi.

45 yoshdan yuqori yoshdagi ishtirokchilar bo‘yicha Svetlana Isayeva birinchi, Svetlana Shirkayeva va Dilfuza Allayorova ikkinchi, Firdaus Deminskaya, Alyona Polyakova va Gulchehra Peritkulova uchinchi bo‘ldi.