«Paxtakor» futbol klubi prezidenti lavozimini egallab turgan Toshkent hokimi Rahmonbek Usmonov uning faxriy prezidenti bo‘ldi. Rahbariyat tarkibidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida jamoa matbuot xizmati xabar qildi.

Klubga muqaddam uning vitse-prezidenti bo‘lgan Bobur Shodiyev yangi prezident etib tayinlandi. Bungacha jamoa bosh direktori bo‘lgan Umid Axmatjanov klub vitse-prezidenti etib tayinlandi. Dmitriy Adisman «Paxtakor"ning yangi bosh direktori bo‘ldi.

«Biz stadionni rekonstruksiya qilish, yangi futbolchilarni jalb qilish, seleksiya ishlarini olib borishni rejalashtirmoqdamiz. Mazkur lavozimlarga zarur bilim va tajribaga ega kishilar tayinlanmoqda», — dedi kub matbuot kotibi Nodir Abbuqodirov «Gazeta.uz"ga.