O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 may kuni davlat tashrifi bilan Xitoyga yetib keldi, deb xabar qildi CCTV telekanali.

Tashrif jarayonida XXR Raisi Si Szinpin, Davlat Kengashi Bosh vaziri Li Ketsyan, Xalq vakillari Umumxitoy Majlisi Doimiy qo‘mitasi Raisi Chjan Detszyan va boshqa rahbarlar bilan uchrashish rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda o‘zaro foydali qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun Xitoyning yetakchi kompaniya va firmalari vakillari bilan uchrashadi.

Umumiy qiymati 20 mlrd dollar bo‘lgan 100 ga yaqin hujjatning imzolanishi kutilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14−15 may kunlari Pekin shahrida “Bir qutb, bir yo‘l” xalqaro forumida ishtirok etadi.