Yanvar-mart oylarida O‘zbekiston TIV Konsullik boshqarmasi va mamlakatning xorijdagi konsullik muassasalari tomonidan 52224 nafar chet el fuqarosi, shu jumladan 19197 nafar sayyoh va 8613 nafar tadbirkorga kirish vizalari berildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi TIVga asoslangan holda xabar qildi.

Berilgan vizalar sonining o‘sishi 2016 yilning shu davriga nisbatan 6 foizni, sayyohlik vizalari — 13 foizni tashkil etdi.

Qo‘mitaning qayd etishicha, birinchi chorakda O‘zbekiston kompaniyalari 40 ta xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etib, qatnashchilarga mamlakat turistik salohiyati to‘g‘risida axborotlar berildi.