Telekommunikatsion litsenziya olish uchun taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar soni uchtaga kamayadi. Bu normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida e’lon qilingan O‘zbekiston hukumati qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.

Endilikda telekom-litsenziya da’vogari yong‘n xavfsizligi va sanitar nazorat organlarining talab va me’yorlarga muvofiqlik to‘g‘risidagi xulosasini olishi, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish va qurish bo‘yicha mutaxassislarning pasport va mehnat daftarchalari nusxasini topshirishlari shart emas.

Bundan tashqari, hujjatda 1 iyuldan boshlab internet klublar faqatgina «yagona darcha» va Davlat xizmatlari yagona portali orqali litsenziyalanishi, 2018 yil 1 yanvardan esa internet klublar litsenziyasi elektron shaklda berilishi belgilandi.