Farg‘ona shahri va Shohimardon posyolkasi (Farg‘ona viloyati) o‘rtasida avtobus qatnovi qayta yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi matbuot xizmati xabar qildi.

«Farg‘ona-Shohimardon» yo‘nalishi bo‘yicha 2013 yilda yopilgan avtobuslar harakati Farg‘ona viloyati hokimining shaxsiy tashabbusi bilan agentlikning viloyat bo‘limi ko‘magida qayta yo‘lga qo‘yildi.

Yo‘nalishda ikki dona Isuzu avtobusi harakat qilmoqda. Ularga Farg‘ona Oltin Vodiy Navkari korxonasi xizmat ko‘rsatadi. Korxona ekspluatatsiya bo‘limi boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, Shohimardon aholisi qatnovning qayta tiklanganidan juda mamnun. Natijada uzoq tumanning viloyatdagi boshqa tumanlar bilan transport aloqasi yaxshilandi. Endilikda talabalar o‘qish, bemorlar davolanish, boshqa fuqarolar turli maqsadlarda ko‘zlagan manzillariga osonroq yetib boradigan bo‘ldi.

Yo‘nalishda avtobuslar sonini ikki barobar oshirish rejalashtirilmoqda.