O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mun Chje Inni Koreya Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabrikladi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

«25 yillik diplomatik munosabatlar davomida O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida chinakam do‘stona aloqalar, mustahkam strategik hamkorlik munosabatlari, ikki tomon kun tartibining barcha masalalari yuzasidan hamda xalqaro tashkilotlar doirasida konstruktiv muloqot o‘rnatildi», — deb e’tirof etilgan maktubda

Qayd etilganidek, tomonlar yetakchi Janubiy Koreya kompaniyalari ishtirokidagi avtomobilsozlik, mashinasozlik, elektroenergetika, neftegaz, elektrotexnika, to‘qimachilik sanoatlarida, informatsion texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va boshqa sohalarda investitsion hamkorlikning ulkan ijobiy natijalarini qo‘lga kiritishdi.

Davlat rahbari ta’kidlaganidek, «O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatida uzviylik va bosqichma-bosqichlikni saqlab qolgan holda kelajakda ham Koreya Respublikasi bilan do‘stlik va konstruktiv hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidan boradi».

O‘zbekiston Prezidenti Mun Chje Inni o‘zi uchun qulay bo‘lgan vaqtda mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lishga taklif qildi.