O‘zbekiston paralimpiyachilari 4−7 may kunlari Egerda (Vengriya) bo‘lib o‘tgan pauerlifting bo‘yicha Jahon kubogi ikkinchi bosqichida ikki medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Ayollar o‘rtasida 50 kg gacha vazn toifasida Ro‘za Qo‘ziyeva 89 kg shtanga ko‘tarib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Erkaklar o‘rtasida 97 kg gacha vazn toifasida Nuriddin Davlatov 180 kg vaznli shtangani ko‘tarib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Farhod Umirzoqov esa 164 kg natija bilan o‘smirlar o‘rtasida yangi jahon rekordini o‘rnatdi.

O‘zbekiston sportchilari pauerlifting bo‘yicha paralimpiyachilar o‘rtasida Meksikada 30 sentyabrdan 6 oktyabrgacha bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanmani ham qo‘lga kiritdi.