«Toshshahartransxizmat» kompaniyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2030 yilgacha Toshkent yo‘lovchi transportni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni boshladi hamda poytaxt aholisi va mehmonlaridan mazkur jarayonda ishtirok etishni so‘ramoqda.

«Toshkent shahri yo‘lovchi tashish transporti majmuasini rivojlantirishda birinchi navbatda yo‘lovchilarga qulayliklar yaratish asosiy e’tiborga olingan yo‘lovchi tashish transportini rivojlantirishga oid fikr-mulohazalar takliflaringizni kiritishni so‘raymiz, shuningdek xorijiy mutaxassislarning shahar yo‘lovchi tashish transportini boshqarish istiqbollari haqida tajribalarini bildirishlarini istar edik», — deyiladi kompaniya murojaatida.

Takliflarni 10 iyungacha bo‘lgan vaqt ichida concept@tshtx.uz elektron manziliga yuborish mumkin. Bunda FISH va murojaat uchun telefon raqam ko‘rsatilishi zarur.