Urush yillarida 15 bolani asrab olgan temirchi Shoahmad Shomahmudov oilasi yodgorligi 9 may kuni Toshkentdagi Do‘stlik bog‘ida (sobiq Bobur bog‘i) tantanali ravishda ochildi. Marosimda shahar va tuman ma’muriyati, milliy madaniy markazlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

1982 yilda Xalqlar do‘stligi maydoniga o‘rnatilgan yodgorlik 2008 yilda shahar chetiga ko‘chirilgan edi. 1 may kuni u Do‘stlik bog‘iga olib kelindi va Tinchlik qo‘ng‘irog‘i bilan bir safga o‘rnatildi.

Foto