O‘zbekiston Prezidenti o‘zining 5 maydagi farmoni bilan Qo‘chqorov Bahrom To‘lqinovichni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi etib tayinladi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar qildi.

Bunga qadar Bahrom Qo‘chqorov Prezidentning siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari — Prezident Yuridik xizmati rahbari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Davlat ekologiya qo‘mitasi aprel oyi oxirida davlat rahbarining farmoni bilan Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bazasida tashkil etilgan edi.