O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkentdagi «Motamsaro ona» haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Marosim UzReportTV kanali orqali namoyish etildi.

Gulchambar qo‘yish marosimidan so‘ng davlat rahbari Xotira maydoniga yo‘l oldi. Shundan so‘ng turli davlat organlari vakillari tomonidan gulchambarlar qo‘yildi.

Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan Prezident ishtirokidagi asosiy tadbirlar akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ITI hududida bo‘lib o‘tadi. Uni «O‘zbekiston» telekanali orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.

Video