Prezident Shavkat Mirziyoyev shanba kuni Yashnobod tumaniga safari jarayonida kutilmaganda 32-oilaviy poliklinikaga kirib bordi, deb xabar qildi «O‘zbekiston» telekanalining «Axborot» dasturi.

Prezident safarlari va uning ishtirokidiga i rasmiy tadbirlar, bu — odatiy oldindan tayyorgarlik ko‘riluvchi yo‘nalish hisoblanadi. Biroq Shavkat Mirziyoyev birinchi marotaba bunday yo‘ldan bormayotgani yo‘q. Bu safar Prezident tashrifi rejalashtirilgan Yashnobod tuman markaziy shifoxonasi o‘rniga 32-oilaviy poliklinikaga kirib bordi.

O‘zAning aniqlik kiritishicha, davlat rahbari sog‘liqni saqlash vaziri, Toshkent hokimi va boshqa rasmiy shaxslarga kamchiliklarni tezda bartaraf etish, muassasani ta’mirlash va aholiga qulaylik yaratish borasida topshiriqlar berdi.

Shifoxona 27,2 mingdan ziyod aholi istiqomat qilayotgan mahallaga xizmat ko‘rsatadi. Boshqa oilaviy poliklinikalarda bo‘lgani kabi bu yerda ham tez tibbiy yordam punkti tashkil etilgan. Prezident aholini mukammal qamrab olish muammosini hal etish va tibbiy madaniyat to‘g‘risida so‘zladi.

U poliklinika joylashgan mahalla aholisi bilan ham uchrashdi.

Video